Andijonda maktab o‘quvchilari uchun maxsus transport xizmat ko‘rsatmoqda

© inclusive.uzShkolnie budni
Shkolnie budni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu jamiyat xizmatidan foydalanish uchun o‘quvchining ota yoki onasidan ariza, 8 dona rasm va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomadan nusxa talab etiladi. O‘quvchilarni tashish davomidagi xavfsizlik javobgarligini jamiyat o‘z zimmasiga oladi

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Andijon shahridagi "Jasur new tech" MChJ maktab o‘quvchilarini uydan maktabga, dars mashg‘ulotlari tugagandan so‘ng ularni yana uyga eltish faoliyati bilan iug‘ullanadi, deb xabar bermoqda "Hordiq.uz" nashri.

Xabarga ko‘ra, Andijon shahrining Qo‘shariq, Uzumzor, Bog‘ishamol hamda kichik dahalar bo‘ylab aholi extiyojini hisobga olgan holda 3 ta avtoulov maktab o‘quvchilariga xizmat qilmoqda.

Mashinalarda kuzatuvchilar o‘quvchilar uchun tarixiy ma’lumotlar, qiziqarli interfaol o‘yinlar tashkil qilish bilan bir qatorda mashinaga chiqib-tushishlari hamda yo‘ldan o‘tkazib qo‘yish vazifasini ham bajaradilar.

"Bu loyiha ishga tushganiga 1 oy bo‘ldi. Avvaliga avtobus bilan boshlagandik, lekin odam soni kamligi uchun hozircha "Gazel" avtomobilida o‘quvchilar xizmatidamiz", deydi jamiyat boshlig‘i Jasurbek Tojiddinov.

Mazkur faoliyatning iqtisodiy jihatlariga e’tibor qaratsak, bir nafar maktab o‘quvchisi uchun bir oyga 55 000 so‘m miqdorida badal to‘lanadi. Agar o‘qish kunlarini bir oyda o‘rtacha 26 kun deb hisoblasak, to‘lov kuniga 2 000 so‘m atrofida to‘g‘ri keladi. Buning natijasida o‘quvchilar o‘z vaqtida, xavfsiz ta’lim muassasasiga yetib boradi va uyga qaytadi, yo‘l-yo‘lakay qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishadi.

Qolaversa, hozirgi kunda korxona 5 nafar ish o‘rniga ega bo‘lib, kollej bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shayotgani ahamiyatga molikdir.

Ushbu jamiyat xizmatidan foydalanish uchun o‘quvchining ota yoki onasidan ariza, 8 dona rasm va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomadan nusxa talab etiladi.

O‘quvchilarni tashish davomidagi xavfsizlik javobgarligini jamiyat o‘z zimmasiga oladi.

Shuningdek, ta’til va bayram kunlari tashkilot tomonidan o‘quvchilar uchun maxsus ekskursiyalar tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar shahardagi "Bobur bog‘i" hamda "O‘lkashunoslik" muzeyiga sayohatlar uyushtirildi.

Yangiliklar lentasi
0