Samarqandda o‘ndan ortiq ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi

Obuna bo‘lish
Janubiy koreyalik investorlar tomonidan tashkil qilinayotgan "Samarkand apparel" korxonasida erkaklar, ayollar va bolalar uchun tayyor kiyim-kechak ishlab chiqariladi

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Samarqand viloyatida yaqin vaqtlar ichida o‘nlab loyihalar amalga oshiriladi.

Jumladan, "Sharq sanoati" konserni tarkibida tashkil etilgan intensiv ko‘chat yetishtirish loyihasida yangi texnologiya asosida yetishtirilgan ko‘chatlar kasallikka chidamliligi, tezpisharligi bilan boshqalaridan ajralib turadi.

Bulung‘ur tumanida tashkil etilayotgan "Tohir" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan o‘n bir gektar maydonda barpo etiladigan korxona yiliga 12 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi.

Korovi na molochno-tovarnoy ferme - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatida chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik rivojlantiriladi

Tumandagi "Samarqand garden plast", Jomboy tumanidagi "Grin agro eksport" mas’uliyati cheklangan jamiyatlari va "Maroqand meva-sabzavot" fermer xo‘jaligi tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini saralash, qayta ishlash, qadoqlash markazi tashkil etiladi.

Oqdaryo tumanidagi "Yunusjon ahli" oilaviy korxonasi tomonidan soya oqsili izolyati ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi. Yiliga 26 tonna soya donini qayta ishlash quvvatiga ega korxona Xitoyning yetakchi kompaniyalarining zamonaviy uskunalari bilan jihozlanadi. Joriy yilning dekabr oyida foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan korxonada soya yog‘i, uni, oqsil izolyati ishlab chiqariladi. Korxonada 80 kishining bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

"8 mart", “Urgaz textile”, “Urg-Gaz Carpet”, “Arfa Exprod”, "Alnazar orzu servis", "Samarqand Oqdaryo textil tola" kabi mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida yiliga 110,4 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Bu korxonalarda tayyor trikotaj, jinsi mahsulotlari, ko‘ylak va choyshablar ishlab chiqariladi. Korxonalar to‘liq quvvat bilan ishga tushgach, besh mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Bulung‘ur tumanidagi "Inter lego" mas’uliyati cheklangan jamiyatida ip-kalava, trikotaj mato va matoni bo‘yash hamda tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil etiladi. Mazkur loyihaning qiymati 37 million yevro bo‘lib, korxona ishga tushgach, yiliga 31 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilinadi, 700 kishi ish bilan ta’minlanadi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche so spetsialistami sferi zdravooxraneniya - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Samarqandda ish o‘rinlari yaratilishiga e’tibor qaratdi

Janubiy koreyalik investorlar tomonidan tashkil qilinayotgan "Samarkand apparel" korxonasida erkaklar, ayollar va bolalar uchun tayyor kiyim-kechak ishlab chiqariladi.

"Kattaqo‘rg‘on charm" qo‘shma korxonasida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Qo‘shrabotda junni qayta ishlash fabrikasi, Samarqand va Oqdaryo tumanlarida zamonaviy issiqxona majmualari quriladi.

Yangiliklar lentasi
0