TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov jurnalist Jasur Hamroyev bilan selfi tushdi. Ushbu selfi jurnalistning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirilgan.
"Kun selfisi! Uning birinchi selfisi! Bu kishini taniysizmi?" deb yozilgan postda.
Qayd etish joizki, bunday holat O‘zbekistonda ilk bor kuzatilmoqda.
Ilgari odamlar vazirlarni tanishmasdi, endilikda esa barcha mansabdorlar xalq orasiga kirib bormoqda.
Suratga izoh bergan foydalanuvchilar o‘z hayratlarini quyidagicha ifodalashgan:
“Bo‘larkan-u shunaqa jiddiy odamlar bilan selfi qilsayam. Tarmoqlarimiz shou-bizdan boshqasini ko‘rmagandi. Olg‘a”.
“Great one!”
“Zo‘r selfi bo‘pti…havasga arzigulik! Qoyil”
“No comment”
“Super”
“Zo'r gap yo'q”
“Nash ministr!”