Bishkekdagi sammitda 10ta hujjat imzolandi

© Sputnik/Ramil SitdikovGlavi gosudarstv na sammite YeAES 14-aprelya 2017 goda v Bishkeke
Glavi gosudarstv na sammite YeAES 14-aprelya 2017 goda v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bishkekda bo‘lib o‘tgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashi yig‘ilishiga Qirg‘iziston raislik qildi

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Bishkekda bo‘lib o‘tgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashi yig‘ilishi yakunida qator hujjatlar imzolandi.

Bishkek sammitida Armaniston prezidenti Serj Sargsan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etdi, deb yozmoqda Sputnik Qirg‘iziston.

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashi yig‘ilishida quyidagi hujjatlar imzolandi:

Moldovaga YeOII kuzatuvchi davlat maqomini berish;

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlariga YeOII kuzatuvchi davlati maqomini berish;

YeOII va unga a’zo davlatlar o‘rtasida hamda Eron bilan erkin savdo zonasini yaratish bo‘yicha vaqtinchalik kelishuv;

2016 yilda YeOII organlarida tashqi audit o‘tkazish natijalari haqida;

YeOII davlatlarining 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan makroiqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari haqida hamda boshqa hujjatlar.

Yangiliklar lentasi
0