TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Moskva va butun Rossiya patriarxi Kirill 2017-yilning may-iyunida O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda, dedi RF TIV uchinchi departamenti direktori o‘rinbosari Yevgeniy Terexin.
"Ayni vaqtda patriarxning O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda", — dedi E.Terexin Davlat dumasining MDH masalalari bo‘yicha qo‘mitasi majlisida.
Uning aytishicha, patriarx Kirillning tashrifi shu yilning 21-25 apreliga rejalashtirilgandi, ammo tashrif muayan vaziyatlardan kelib chiqib, shu yilning may-iyuniga ko‘chirilishi mumkin.
Terexin hozircha tashrif sanalari kelishilmaganligini bildirdi.