Toshkent viloyatida tabiiy ofat yuz berdi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishKo‘chki
Ko‘chki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil 13-aprel kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tabiiy ofat ro‘y berdi. Buning oqibatida bir kishi shifoxonaga olib borilayotganda hayotdan ko‘z yumdi

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Bo‘stonliq tumanida sodir bo‘lgan yer ko‘chkisi 1 kishining umriga zomin bo‘ldi, deb xabar qildi "Kun.uz" nashri O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Xabarga ko‘ra, 2017-yil 13-aprel kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tabiiy ofat ro‘y berdi. Buning oqibatida bir kishi shifoxonaga olib borilayotganda hayotdan ko‘z yumgan.

"Soat 07:50da tumandagi "Bog‘iston" MFY hududidan o‘tuvchi 4R-10 "Chorvoq suv ombori aylanma yo‘li"ning 47-kilometrida yer ko‘chkisi sodir bo‘lgan. Ko‘chki avtomobil yo‘lining o‘ng tomonidan pastlikka ko‘chgan. Ko‘chkining o‘lchami: eni 10-15 metr; balandligi (chuqurligi) 1-1,5 metr; uzunligi 10-14 metrni tashkil etadi.

Ko‘chki tushishi natijasida yo‘ldan o‘tayotgan Damas rusumli avtomobil pastga qulagan. Natijada avtomobilda bo‘lgan ikki nafar fuqaro jabrlangan", — deyiladi xabarda.

Jabrlangan fuqarolarning biri Bo‘stonliq tumani Tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotganda vafot etgan.

Jabrlangan fuqarolar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani "Bog‘iston" MFYda istiqomat qilishi ma’lum bo‘ldi.
Toshkent viloyati FVB, IIB, Bo‘stonliq tumani xokimiyati va "O‘zavtoyo‘l" xizmati bilan hamkorlikda ko‘chki tushgan avtomobil yo‘lini tozalash ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0