Tojikistonda kuchli seldan 2 kishi qurbon bo‘ldi

© Facebook/darvozSel v Tadjikistane
Sel v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistonning Tog‘li Badaxshon viloyatida kuchli sel kelib, qishloq chetida turgan uyni oqizib ketdi.Bir ayol va uning bolasi qurbon bo‘ldi.

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Tojikstonning Tog‘li Badaxshon viloyatining bir necha hududlarida sel kelgan, Sputnik Tojikiston xabariga ko‘ra. 

Darvaza tumanidagi Kamchak qishlog‘ida kelgan sel qishloq chetidagi uyni oqizib ketgan, bir ayol va uning bolasi qurbon bo‘lgan.

Kalai-Xumb shahridagi Dashtak mahallasida kelgan yana bir sel oqimi tuman markazidagi avtomobil yo‘lini, bir necha tomorqa va AYoQShni yuvib ketgan. Odamlar orasida qurbonlar bo‘lmagan.  

Tog‘li hududlarda ba’zan shiddatli yomg‘irdan suv oqimi keskin oshishi mumkin. Tez harakatlanayotgan suv oqimi ko‘p miqdorda tuproq, toshlar bilan aralashib o‘ta kuchli oqim hosil qiladi va oldidan chiqqan bino va inshootlarni oqizib ketishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0