O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori vafot etdi

Obuna bo‘lish
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi o‘rinbosari Bo‘ritosh Mustafoyev 68 yoshida og‘ir xastalikdan vafot etdi

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi o‘rinbosari Bo‘ritosh Mustafoyev 68 yoshida og‘ir xastalikdan vafot etdi, deb xabar qildi Konstitutsiyaviy sud matbuot-xizmati.

U 9-aprel kuni Toshkent shahridagi Yurak xastaliklari klinikasiga yotqizilgan.

"Bo‘ritosh Mustafoyev oqil va oliyjanob, Vatanni samimiy sevadigan va xalqi uchun jonkuyar inson edi. U mamlakatimizda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashga, huquq tizimining shakllanishi va rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan", — deyilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi xabarida.

Inomjon Usmonxo‘jayev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning sobiq rahbari - Usmonxo‘jayev vafot etdi
Bo‘ritosh Mustafoyev 1949-yilda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 1971-yilda Toshkent davlat universitetining yuridik fakultetini tugatib, mehnat faoliyatini Samarqand viloyat prokuraturasining bo‘lim prokurori lavozimidan boshlagan. Ko‘p yillar davomida prokuratura organlarida mas’uliyatli lavozimlarda ishlab, 1989-yilda O‘zbekiston Respublikasi prokurori, 1993-yilda esa O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori lavozimiga tayinlandi.

1998 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi o‘rinbosari, Adliya vazirining o‘rinbosari, Konstitutsiyaviy sudining raisi, Markaziy saylov komissiyasining raisi, Oliy sudining raisi lavozimlarida ishladi. 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga saylanib, umrining oxirigacha shu lavozimda mehnat qilgan.

Mustafoyev "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist" faxriy unvoni, II darajali "Shon-sharaf" va "Mehnat shuhrati" ordenlari bilan taqdirlangan. Oliy malaka darajali sudya. I darajali Davlat adliya maslahatchisi.

Yangiliklar lentasi
0