Har qanday kosmik parvoz bir necha yillar davomida ko‘p bosqichli tayyorgarlikdan boshlanadi. Kosmonavtlar turli jismoniy tayyorgarlikdan o‘tishadi. Odatda, ular bir necha mutaxassisliklarni egallab olishi kerak bo‘ladi. Raketa, qaytib yerga tushuvchi modul va kosmik kemaning barcha tizimlar ko‘p bosqichli sinovlardan o‘tkaziladi.
Bir necha marta XKSda bo‘lgan, ikki marotaba ochiq koinotga chiqqan Rossiya qahramoni, kosmonavt Salijon Sharipov koinot haqida o‘z taasurotlarini aytib berar ekan quyidagi ta’sirli so‘zlarni aytgan edi:
“Bizning sayyoramiz juda go‘zal. Agar odamlar sayyoramizni koinotdan ko‘rganida edi, bizda hech qachon urush bo‘lmasdi. U yerdan chegaralar ko‘rinmaydi, lekin yerdagi hayotni himoya qilib turgan atmosferaning juda yupqa qatlami yaqqol ko‘rinib turadi. Odamlar tabiatga naqadar yomon munosabatda bo‘layotgani ham juda yaxshi ko‘rinib turadi. Hatto neft dog‘larini ham ko‘rish mumkin. Yer shari shunaqa kichkina, chiroyli va nozikki, biz uni himoya qilishimiz va avvaylab asrashimiz kerak”.