TOShKENT, 12 apr — Sputnik. "Islom davlati" yo‘q qilinadigan taqdirda, uning o‘rniga yangi terrorchilik uyushmasi paydo bo‘ladi, shu bois islomiy davlatlar o‘z aholisiga taraqqiyotning muqobil variantini taklif qilishlari lozim, deb ta’kidladi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev "Mir" teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida.
"Biz bugungi kungacha G‘arb odamlarning mentalitetini, u yoki bu davlat sivilizatsiyaning qaysi bosqichida turganini hisobga olmagan holda o‘z tartiblari, qadriyatlarini singdirishga harakat qilayotganini kuzatmoqdamiz. Iroq, Suriya va Liviyada bugungi ahvol mana shu suqilish natijasidir. Mening fikrimcha, hech kim u yoki bu davlatga o‘z qarashlarini singdirishga harakat qilmasa yaxshi bo‘lur edi. Har bir davlat birinchi navbatda o‘zining muammolari bilan shug‘ullanmog‘i lozim", — deya fikr bildirgan Atambayev.