TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Vazirlar mahkamasining 2017-yil 6-aprelda qabul qilingan qaroriga binoan O‘zbekistonda bir necha sohada ishlaydigan kichik korxonalarga xodimlar sonini 200 kishigacha oshirishga ruxsat berildi.
Xodimlar sonini 200 kishigacha ko‘paytirish huquqiga ega bo‘lgan sohalar ro‘yxatiga yana sun’iy tola, elektron detallar, kompyuterlar, maishiy texnika, yoritish texnikasi podshipnik, yuk ko‘tarish, sovutish va ventilyatsiya uskunalari va qishloq xo‘jalik texnikasi ishlab chiqaruvchi korxonalar, kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekistonda iqtisodiy faoliyatning xalqaro tizimi qo‘llanila boshlagan edi. Xalqaro standartga o‘tish O‘zbekiston statistik ma’lumotlarni xalqaro ma’lumotlarga osonroq muvofiqlashtirishga imkon beradi.