O‘zbekistonda avtomobil sotib olish nima uchun muammoga aylangan

© Sputnik / Igor Russak / Mediabankka o‘tishNa avtostoyanke vozle zavoda General Motors
Na avtostoyanke vozle zavoda General Motors - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun soat 20:05da "O‘zbekiston" telekanalida "Muloqot va manfaat" nomli tahliliy ko‘rsatuv efirga uzatiladi. Ko‘rsatuv davomida "O‘zavtosanoat" faoliyati tanqidiy ruhda muhokama etiladi

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Bugun soat 20:05 da "O‘zbekiston" telekanalida "Muloqot va manfaat" nomli tahliliy ko‘rsatuv efirga uzatiladi, deb xabar berdi ijtimoiy tarmoqdagi "Xalq bilan muloqot" guruhi sahifasi.

Xabarda aytilishicha, ko‘rsatuv davomida "O‘zavtosanoat" faoliyatiga oid quyidagi masalalar tanqidiy ruhda muhokama etiladi:

— avtomobil sotib olishga shartnoma tuzish navbatining ochiq va oshkora emasligi;

— to‘lovlarni bank plastik kartochkasi orqali amalga oshirish muammo bo‘layotgani;

— avtomobilning shartnomada ko‘rsatilgan muddatda berilmayotgani;

— jismoniy shaxslar bilan tuziladigan shartnomalarda iste’molchilar huquqlarini cheklovchi va ishlab chiqaruvchilar manfaatiga xizmat qiluvchi shartlar kiritilganligi;

— yangi avtomobilda bir qator nosozliklar mavjudligi;

— kreditga avtomobil sotib olish qiyinligidan norozilik mazmunidagi murojaatlarni tashkil etadi.

Ko‘rsatuvda "GM O‘zbekiston" AJ bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov, "GM O‘zbekiston" AJ Marketing, savdo va avtoservis bo‘yicha boshqaruvchi direktori Muhiddin Sultonov, "O‘zavtotexxizmat" MChJ boshqaruvi raisi Botirxo‘ja Sidiqov, "Asaka" AT bank departament direktori Behzod Abduraxmanov, "Asaka" AT bank departament direktori o‘rinbosari Farrux To‘lavov, Davlat Raqobat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dilshod Azimovlar ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0