TOShKENT, 11 apr — Sputnik. O‘zbekistonda dorixona va tibbiy muassasalarni qulay qidirish va ular bilan bog‘lanish uchun birinchi onlayn ma’lumot xizmati paydo bo‘ldi.
Dastlab tibbiy muassalar Pharm Phone saytida to‘liq ro‘yxatdan o‘tishadi. Ular o‘z faoliyat turi, manzili, ish vaqti va ish kunlari haqidagi ma’lumotlarni joylashtiradi. Shuningdek, muassasa fotosurati va boshqa ma’lumotlarni ham joylashtirish mumkin.
Mobil ilovada foydalauvchilar o‘zlariga kerak bo‘lgan ma’lumotlarni qulay qidiruv tizimi orqali tezda topib olish imkoni yaratilgan. Shuningdek, dasturda foydalanuvchiga eng yaqin joyda joylashgan dorixona yoki tibbiy muassalarni xaritada ko‘rish imkoni ham bor.
Dorixonalar bilan tezkor muloqot o‘rnatish maqsadida, mobil ilovada tezkor xabar almashish xizmati (chat) yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek dorixonalar va tibbiy muassasalar telefon raqamlari ham ko‘rsatilgan.
Pharm Phone mobil ilovasini Android market yoki Applestore orqali yuklab olish mumkin.