TOShKENT, 11 apr — Sputnik. IShID jangarilari qatoriga qo‘shilgan qozog‘istonliklar fuqaroligidan mahrum qilinadi, dedi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarbayev “Mir” telekanaliga.
“Qozog‘iston qonuniga ko‘ra, agar fuqaro chet mamlakatga ketib, ekstremistik tashkilotlar safiga qo‘shilgan bo‘lsa u mamlakatga qaytarilmaydi va fuqaroligidan mahrum qilinadi. Bu bugungi kunda kerak bo‘lgan chora. Bizdan u yerda 500-600 kishi bo‘lsa kerak, lekin sobiq Ittifoq mamlakatlaridan 5 ming yoki undan ko‘p kishi bor. Kavkaz, O‘rta Osiyo biz ular qanchaligini bilamiz”, — dedi Nursulton Nazarbayev.
Davlat rahbar aytishiga qaraganda, birinchidan odamlar u yerga ketishini oldini olish kerak.
“Biz u yerdan qaytganlar bilan profilaktik ishlar olib borishga harakat qildik, lekin bu samara bermadi. Shuning uchun ham biz ularni uyiga qaytarmaslikka qaror qildik”, — dedi prezident.
“Mir” telekanaliga bergan intervyu davomida Qozog‘iston prezidenti NATO va KXShTning o‘xshash tomonlar va maqsadlari haqida gam gapirdi.