Samara va Samarqand hamkorlikda kitob chiqardi

Obuna bo‘lish
Kitobdan dunyoning 11 mamlakatidagi 40 muallifning 36 maqolasi o‘rin olgan bo‘lib, mazkur loyihani tayyorlashda Rossiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ukraina, Ispaniya, Hindiston, Avstraliya va boshqa mamlakatlar vakillari qatnashishgan

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Rossiya shahrida "Samara-Samarqand: Volgadan Zarafshonga qadar madaniy muloqot merosi va zamonaviylik" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani maqola va materiallari to‘plami chop etildi, deb xabar berdi "Samarqandiyona" qomusiy loyihasi.

Nashr sahifalarida tarixiy merosning ahamiyati bilan bog‘liq ijtimoiy-madaniy va ta’limiy loyihalar, bugungi zamon chaqiriqlari va Yevrosiyo integratsiyasining yangi strategiyalari haqidagi ilmiy ishlanmalar bilan tanishish mumkin.

Kitobda an’analar va innovatsiyalar asosida madaniyatlarni yaqinlashtirish, madaniy meros obyektlari va zamonaviy ijtimoiy amaliyot o‘rtasidagi muloqotlarni yangilash masalalari ko‘rib chiqiladi. Birodarlashgan shaharlar Samara va Samarqand o‘rtasidagi madaniy, ta’lim va iqtisodiy hamkorlikka alohida e’tibor qaratilgan.

© Ensiklopedicheskiy proyekt "Samarkandiana""Samara-Samarqand: Volgadan Zarafshonga qadar madaniy muloqot merosi va zamonaviylik" kitobi muqovasi
Oblojka knigi Samara-Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
"Samara-Samarqand: Volgadan Zarafshonga qadar madaniy muloqot merosi va zamonaviylik" kitobi muqovasi

Kitobni Samara davlat madaniyat instituti chop etgan bo‘lib, uni tayyorlashda shuningdek, Samara davlat iqtisodiyot universiteti, Tezkor antropologik tadqiqotlar xalqaro komissiyasi (Avstriya), A.Temur nomidagi Samarqand shahar madaniyat va istirohat markazi, "Afrosiyob" Samarqand shahri tarixi muzeyi va boshqa o‘quv yurtlari hamda tashkilotlar ishtirok etan.

Kitobdan dunyoning 11 mamlakatidagi 40 muallifning 36 maqolasi o‘rin olgan bo‘lib, mazkur loyihani tayyorlashda Rossiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ukraina, Ispaniya, Hindiston, Avstraliya va boshqa mamlakatlar vakillari qatnashishgan.

Kitob shuningdek, Samara davlat madaniyat institutining saytida elektron ko‘rinishda ham joylashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0