Alisher Usmonov Navalniyni tuhmat qilgani uchun sudga bermoqchi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishBiznesmen Alisher Usmanov
Biznesmen Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov muxolifatchi Aleksey Navalniyni tuhmat qilgani uchun sudga berishini bildirdi

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Biznesmenning vakili RIA Novostiga Usmonov soliqlarni to‘layotganligini va minglab ish o‘rinlari yaratganligini ma’lum qildi.

"Meni ayblashga Navalniyning ma’naviy haqqi yo‘q. U odamlarni chalg‘itmoqda va uning aytganlari tuhmat… Shu sababli men Navalniyni sudga beraman va huquqni himoya qiluvchi organlarga murojaat qilaman", — degan Usmonovning bayonotini bildirdi uning vakili. Milliarder "turli mamlakatlarning maxsus xizmatlari va soliq organlariga" o‘zi haqidagi barcha ma’lumotlar ma’lum ekanligini qo‘shimcha qilgan.

Biznesmen Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov Forbesning eng boy rossiyaliklar ro‘yxatida beshinchi bo‘ldi

Ilgariroq navalniy o‘zining YouTubedagi kanalida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev notijorat fondlari yordamida turli mulklarga egalik qilganligi haqidagi filmni joylashtirgandi. Filmda Usmonov go‘yoki Medvedev nazorati ostidagi fondga mulk sovg‘a qilganligi ta’kidlanadi.

Medvedevning matbuot kotibi Natalya Timakova Navalniyning ushbu lavhasi saylovoldi xarakteriga ega ekanligini, bu haqda uning o‘zi lavha yakunida gapirganligini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0