TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Toshkent Halqa yo‘lining Mirzo Ulug‘bek tumanidan o‘tgan qismida jiddiy YTH sodir bo‘ldi. Unda "Isuzu" yuk avtomobili va "Lifan" motosikli to‘qnashib ketdi.
Voqea guvohlari aytishiga qaraganda YTHda yuk avtomobili haydovchisi aybdor. Yo‘l qoidalariga ko‘ra u motosikli o‘tkazib yuborishi kerak bo‘lgan. Sodir bo‘lgan kuchli to‘qnashuv oqibatida 65 yoshli motosikl haydovchisi qurbon bo‘lgan.
Shahar YHXX xabariga ko‘ra tergov ishlari olib borilmoqda, yuk avtomobili haydovchisining shaxsi hali aniqlanmagan. Nuz.uz xabariga asosan.