Valeriy Gergiyev va Behzod Abduraimov Toshkentda konsert berishadi

© Iz lichnogo arxiva Fonda Valeriya GergiyevaXudojestvenniy rukovoditel Mariinskogo teatra Valeriy Gergiyev
Xudojestvenniy rukovoditel Mariinskogo teatra Valeriy Gergiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning dunyoga mashhur dirijeri, Mariinsk teatri rahbari, Munxen filarmonik orkestri bosh dirijeri O‘zbekistonda ilk bor konsert beradi.

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Kelayotgan haftaning 13-aprel kuni “O‘zbekiston” san’at saroyida Valeriy Gergiyev boshchiligidagi Sankt-Peterburgdagi Mariinsk teatrining Simfonik orkestri konserti bo‘lib o‘tadi.

Ushbu konsert Gergiyevning O‘zbekistondagi birinchi konserti bo‘ladi. Mashhur dirijer bilan birga sahnaga o‘zbekistonlik pianinochi Bexzod Abduraimov chiqadi. Ular  Sergeya Prokofyevning fortepiano va orkestr uchun yozilgan 3-sonli konsertini ijro etishadi.

Behzod Abduraimov 1990-yilda Toshkentda musiqa o‘qituvchisi va fizika olimi oilasida tug‘iladi. Yoshilgidan musiqaga ite’dodi borligi aniqlangan Behzod, avval Uspenskiy nomli Toshkent musiqa maktabida, keyin AQShda yetuk pedagoglar qo‘lida tahsil oladi. 2009-yilda u Londonda bo‘lib o‘tgan pianinochilar tanlovida Gran Pri sohibi bo‘ladi.

Bugungi kunda Behzod Abduraimov Vladimir Ashkenazi, Vasiliy Petrenko, Sharl Dutua, Devid Sinman, Andrey Boreyko, Pinxas Sukerman va Valeriy Gergiyev kabi dunyoning eng mashhur dirijerlari bilan birga konsertlar bermoqda. Uning 3-yillik konsertlar jadvali oldindan to‘lgan.

Gergiyev Toshkentga nafaqat musiqa, balkim balkim balet yulduzlarini ham olib kelgan. 14-aprel kuni Navoiy Katta akademik teatri sahnasiga Rossiya xalq artisti Diana Vishnevskaya Jorja Bizening "Karmen-suita"asaridan bir aktli sahna i jro etadi. Shuningdek, o‘zbekistonlik balet ishqibozlari Mariinsk teatri solistlari ijrosida  "Don-Kixot", "Lebedinoe ozero", "Anna Karenina", "Shexerezada" kabi baletlaridan sahnalar  tomosha qilishadi.

Kultura.uz xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0