Turkiya Rossiyaga pomidor o‘rniga kolrabi eksport qilmoqchi

© funlib.ruKapusta kolrabi
Kapusta kolrabi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyadan pomidor import qilish ta’qiq ostida bo‘lgani sababli, turkiyalik fermerlar kolrabi karami yetishtirmoqda.

TOShKENT, 9 apr— Sputnik. Bu yil Turkiyaning janubiy viloyatlari fermerlari, Rossiya embargosi bilan ta’qiqlangan mahsulotlar ro‘yxatida bo‘lmagan, kolrabi karamini yetishtirishga qaror qilishdi, Anadolu agentligi xabariga asosan.    

Xususan, Antaliya hududining Gazipasha viloyati fermerlari, o‘zlari uchun odatiy bo‘lgan pomidor o‘rniga, kolrabi karami yetishtirishga qaror qilishgan.

“Kolrabi karami – samarali mahsulot. U 70-80 kunda hosil beradi, narxi ham ancha baland. Shuning uchun ham kelasi yil kolrabi karami yetishtiriladigan maydonlarni kengaytiramiz”, — dedi Gazipasha viloyati fermerlar uyushmasi rahbari Yusuf Chelik.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaga Turkiyadan tar qator qishloq xo‘jalik mahsulotlari olib kirishga embarga 2016-yilning 1-yanvaridan kiritilgan edi. Bunga sabab 2015-yilning oktabr oyida turk havo kuchlari tomnidan Rossiya bomdardimonchi samolyotining urib tushirilishi bo‘lgan.

Keyinrok Rossiya hukumati Turkiyadan piyoz, gulkaram, brokkoli va gvozdika olib kelishga ruxsat bergan bo‘lsada, go‘sht, pomidor, bodring, uzum, olma, nok, qulupnay va boshqa mahsulotlar haligacha ta’qiq ostida qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0