TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Hukumatning dollar kursi o‘sishini sekinlashtirishga bo‘lgan harakatlariga qaramasdan, dollar yana oshmoqda, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Bugun dollarning qora bozordagi narxi 7500 —7620 so‘mni tashkil qilmoqda. Valyutachilar xabariga ko‘ra, yaqin kunlarda dollar narxi shu darajada qolishi kutilmoqda.
Oxirgi oy davomida o‘tkazilgan prokuratura tekshiruvlaridan keyin, qora bozordagi valyuta olib-sotarlari o‘z faoliyatini, avvalgidek, davom ettirmoqda.
Ushbu haftada davlat kursi o‘sish tezligi sekinlashdi. O‘tgan oy davomida Markaziy bank kursi haftasiga 50 so‘mdan oshgan bo‘lsa, oxirgi haftada ushbu ko‘rsatkich 28,08 so‘mni tashkil qildi. Bugun dollaring davlat kursi 3623,07 so‘mni tashkil qilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, valyuta bilan shug‘ullanuvchi guruhlardan birining boshlig‘ini hibsga olinishi, Qozog‘istonga yirik miqdorda muntazam jo‘natilib turgan valyuta kanalining yopilishi ham dollar kursining o‘sishini to‘xtatib qola olmagan. Bugungi kunda dollar narxi o‘sishining asosiy sababi sifatida – respublikada naqd valyuta yetishmovchiligi deyilmoqda.