Voqea oqibatida bir necha vagonlar temiryo‘l izidan chiqib ketdi, 50dan ortiq kishi jarohat oldi, ulardan 12 kishi kasalxonaga yotqizildi.
Ayni damda Belorussiya yo‘nalishida harakat qayta tiklangan, to‘qnashgan poyezd Minskka 5,5 soat kechikib yetib keldi.
Maxsus tashkil qilingan komissiya falokat sabalarini o‘rganmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra — to‘qnashuv texnik nosozlik tufayli yuz bergan.