TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustavga Stokgolm shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida insonlar halok bo‘lishi munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirib maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazdi hamda barcha jarohat olganlarga tez orada sog‘ayishni tiladi.
Eslatib o‘tamiz, 7-aprel kuni Stokgolmdagi Drottninggatan ko‘chasida yuk mashinasining odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida uch kishi halok bo‘lgandi.