Adham Ikromov Prezident akademiyasiga rektor etib tayinlandi

© Gabriela Sabau / judo.uzAdxam Ikramov noviy ministr zdravooxraneniya Uzbekistana
Adxam Ikramov noviy ministr zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bunga qadar Adham Ikromov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Adham Ikromov O‘zbekiston Prezidentining tashkiliy-kadr masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari va Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi Akademiyasi rektori etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Bunga qadar Adham Ikromov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Hukumatda u sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari bo‘yicha majmuaga rahbarlik qilgan.

2016 yilning dekabridan joriy yilning fevral oyiga qadar sog‘liqni saqlash vaziri ham bo‘lgan.

Davlat boshqaruvi Akademiyasining avvalgi rektori Mannon Aliyev qaysi ishga o‘tgani noma’lum.

Akademiya saytining "Rahbariyat" bo‘limida ayni paytda Mannon Aliyev rektor sifatida ko‘rsatilgan.

Yangiliklar lentasi
0