Lavrov Suriyaga berilgan aviazarbalar haqida: ular sharmanda bo‘lishadi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rahbari Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lgan Toni Bler oradan o‘n yil o‘tgach ular firibgarlik qilishganini, hammani adashtirishganini tan olganini eslatib o‘tdi

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Sergey Lavrov AQShning Suriyaga aviazarbalar berishini izohladi.

"Bu juda puxta o‘ylangan zo‘ravonlik harakatidir. Bularning bari 2003-yilda AQSh va Buyuk Britaniya BMT Xavfsizlik kengashi roziligisiz xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzib ittifoqchilari bilan Iroqqa bostirib kirgan vaziyatni eslatmoqda. O‘shanda harholda ashyoviy dalil ko‘rsatishga urinishgandi. Do‘stim K.Pauell tish yuvish kukuni solingan idishni bergan MRBchilar tomonidan adashtirilgandi. U bu idishni BMT XKda silkitgancha bu "antraks" — sibir yarasi ekanligini aytgandi. Endi esa hattoki dalil ham keltirishmadi, har xil nodavlat tashkilotlar, jumladan Suriya hukumatiga qarshi harakatlarni keltirib chiqarish maqsadida soxta holatlarni yaratish bilan shug‘ullanuvchi "Oq kaskalar" bergan fotosuratlargagina asoslanishdi", — dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

Rossiya TIV rahbari shuningdek, o‘sha vaqtda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lgan Toni Bler oradan o‘n yil o‘tgach ular firibgarlik qilishganini, hammani adashtirishganini tan olganini eslatib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Rossiya TIV matbuot xizmati.

"Ushbu vaziyatda Suriyaga zarba berish haqidagi qaror qanday qabul qilinganligi haqidagi haqiqat qachon oshkor bo‘lishini bilmayman, lekin fikrimcha, haqiqatni talab qilish kerak va biz bu ish bilan shug‘ullanamiz. Tovlanib turuvchi va o‘z nomini o‘zgartirgan "Jabhat-an-Nusra" g‘arblik sheriklarimiz uchun asrash lozim bo‘lgan tashkilotdek ko‘rinyapti degan fikrga qaytishimizga to‘g‘ri keladi, zero BMT XK tomonidan u terrorchilik tashkiloti deb e’lon qilingan", — dedi Lavrov.

Sergey Lavrov Suriya HHK Idlib viloyatida zarba bergan hudud "nusrachilar" tomonidan nazorat qilinganini, bu hududda ular o‘z harbiy qismlari, qurol va texnikalariga ega bo‘lishganini bildirdi. U bu yerda zaharli kimoviy moddalar orqali qurol tayyorlanadigan fabrika bo‘lganligini qayd etdi.

"Biz ushbu dalillarni yetkazdik, ularni "so‘nggi vaziyatdagi haqiqat" demadik, balki bizga yetib kelgan ma’lumot dedik. Bu hodisa yuz bergan joyga aslida nima bo‘lganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari uchun mutaxassislarni zudlik bilan jo‘natishni so‘radik. Nazorat safarini va surishtiruv ishlarini kutmasdan zarba berildi. "Jabhat-an-Nusra"dan e’tiborni chalg‘itish uchun shunday qilindi degan taassurot uyg‘onmoqda", — dedi vazir.

Mazkur voqeadan kim manfaatdor degan savolga TIV rahbari bu Jeneva va Ostona jarayonlarini yo‘qqa chiqarmoqchi bo‘lgan, siyosiy yo‘l bilan hal etish o‘rniga kuch ishlatish yo‘liga o‘tishni istayotganlar uchun manfaatli ekanligini aytdi. Bundan tashqari, u bularning barchasi shusiz ham qil ustida turgan Rossiya va AQSh munosabatlariga zarar yetkazishini bildirdi.

"OAV Barak Obamaning sobiq ma’muriyati amaldorlari ushbu zarbalardan so‘ng Rossiya va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik yo‘qqa chiqishi haqida xursandchilik bilan aytgan gaplaridan iqtiboslar keltirayotgan bo‘lsa-da, bu ig‘vogarliklar tuzatib bo‘lmas oqibatlarga olib kelmasligiga umid qilaman. Umid qilamanki, Vashington bilan kelgusi aloqalarimiz borasida xulosalar chiqarib olsak-da, ularning barchasi sharmanda bo‘lishadi", — dedi Lavrov.

Yangiliklar lentasi
0