Samarqand viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimdan ozod etildi

Obuna bo‘lish
Mazkur vazifaga O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Marhabo Fafurova nomzodi taklif etilib, boshqaruv a’zolari tomonidan ma’qullandi

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Samarqandda viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi boshqaruvining navbatdan tashqari yig‘ilishida viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Nigora Rabbimova o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi, deb xabar qildi Samarqand hokimligi matbuot-xizmati.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevdan bo‘lajak qaynonalarga maslahat
Xabarda aytilishicha, mazkur vazifaga O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Marhabo Fafurova nomzodi taklif etilib, boshqaruv a’zolari tomonidan ma’qullangan.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva bugungi kunda xotin-qizlar qo‘mitalari zimmasiga qo‘yilayotgan vazifalar, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari xususida so‘z yuritgan.

"Joriy yil nomlanishidan kelib chiqqan holda xotin-qizlar qo‘mitalari tomonidan aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilayotir, oilalarga kirib, ulardagi ma’naviy muhitni o‘rganish, muammolarini hal etish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda, — degan T.Norboyeva o‘z so‘zi davomida. – Ammo ushbu vazifalarni yanada maqsadli tashkil etish, muammolarni chuqur o‘rganib, keyingi ishlarni tashkil qilishni belgilab olish talab etilmoqda. Oilalardagi muhitni o‘rganish asosida xotin-qizlar orasida sodir etilayotgan salbiy hodisalar sabablarini tahlil qilish hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda bu muammolarga barham berish barcha qo‘mita raislarining birlamchi vazifalaridan biri sanaladi".

Tadbirda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar yuzasidan xotin-qizlar qo‘mitalari oldida turgan vazifalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0