Toshkentda O‘zbekiston tijorat banklari o‘z taqdimotlarini o‘tkazadi

© Novosti UzbekistanaZdanie banka "Asakabank"
Zdanie banka Asakabank - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Banklar aholini tadbirkorlikka jalb etish, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borayotgan ishlari, yangi texnologiyalarning yangi imkoniyatlari bilan tanishtiradilar

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. 12-13 aprel kunlari Toshkentdagi "Ko‘rgazma savdo markazi"da bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi — "BankExpo — 2017" bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, ko‘rgazmada O‘zbekiston tijorat banklari o‘zlarining mijozlarga taqdim etayotgan yangi mahsulotlari taqdimotini o‘tkazadilar.

Banklar aholini tadbirkorlikka jalb etish, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borayotgan ishlari, yangi texnologiyalarning yangi imkoniyatlari bilan tanishtiradilar.

Shuningdek, "Elektron tijorat ishtirokchilari huquqlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini amalga oshirish" mavzusida seminar tashkil etiladi.

Ko‘rgazma doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar bo‘yicha e’lon qilingan tanlov g‘oliblarini hamda bank mijozlari va ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarni esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0