TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Poytaxt militsiya xodimlari militsiya formasida kvartiralar firibgarligi bilan shug‘ullangan jinoyatchini qo‘lga oldi, deb xabar qildi Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev.
Toshxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, firibgar o‘zini huquqni muhofaza qilish organi xodimi sifatida tanishtirgan, o‘zi bilan doim soxta hujjat olib yurgan, ammo formasi haqiqiy bo‘lgan. Mana shu tufayli ham hech qiyinchiliksiz o‘z o‘ljalari ishonchiga kirgan.
Oldindan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, firibgar militsiya formasini otasidan olgan bo‘lishi mumkin. Soxta militsiya xodimining otasi ilgari ichki ishlar organlarida faoliyat yuritganligi aniqlangan. Ammo Toshxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, bu shunchaki taxmin, va oldindan xulosa chiqarib bo‘lmaydi, chunki tergov jarayoni yakunlanmagan.