TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Gidrometeorologiya markazidan xabar qilinishicha, 8-9 aprel kunlari respublika bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi, deb xabar bermoqda uz24.uz.
Toshkentda havo harorati kunduzi +22 darajani tashkil etadi.
Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlarida harorat +20 darajaga teng bo‘ladi.
Respublikaning qolgan hududlarida havo harorati +25 darajagacha ko‘tariladi, kechki payt bu ko‘rsatkich +5…+7 darajaga teng bo‘ladi.