Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar uchun jazoni kuchaytirish kerakmi?

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishChastniy priyut dlya bezdomnix sobak
Chastniy priyut dlya bezdomnix sobak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar uchush faqat eng kam ish haqining 0,5 - 2 baravari miqdorida jarima solinadi.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik.  "Mehr va oqibat" hayvonlarni himoya qilish ijtimoiy tashkiloti O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan katta muammoni keng jamoatchilik muhokamasiga olib chiqdi.  

Ma’lumki, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish holatlari respublikada uchrab  turadi. Ayni damda bunday kimsalarga jazo sifatida eng kam ish haqining 0,5 — 2 baravari miqdorida jarima solinadi.

"Mehr va oqibat" jamoat tashkiloti a’zolarining fikriga ko‘ra ushbu jazo choralari berahm kishilarni to‘xtatib qola olmaydi va qonunchilikka o‘zgarish kiritish vaqti kelgan.

Ushbu maqsadda "Mehr va oqibat" tashkiloti a’zolari internet orqali ovoz berish e’lon qilishgan. Agar siz ham hayvonlar taqdiriga befarq bo‘lmasangiz, quyidagi so‘rovnomada ishtirok etishingiz mumkin.

Bugungi kunga qadar qayt etilgan natijalarga ko‘ra, so‘rovda 850dan ortiq kishi ishtirok etgan. Ulardan 53 % — qamoq jazosi berish, 16 %  - jarima miqdorini oshirish tarafdori bo‘lishgan. So‘ralganlarning faqat 1% jazo chorasini shunday qoldirish tarafdori bo‘lishgan.

Yangiliklar lentasi
0