TOShKENT, 6 apr – Sputnik. Sankt-Peterburgda terrorchilarni yollashda ayblanib qo‘lga olingan Otabek Rustamov, haqiqatdan ham ijtimoiy tarmoqlarda “Islomiy guruhlar” tashkil qilganini, lekin ularning radikal islomga aloqasi yo‘qligini ta’kidlamoqda.
“Odamni hamma narsada gumon qilish mumkin. Menga qarshi hech kim guvohlik bergan emas”, — dedi Rustamov jurnalistlarga.
Hibsga olingan kishi ijtimoiy tarmoqlarda “Sunniy musulmon guruhlari” tashkil qilganini, lekin terrorchilar yollash bilag shug‘ullanmaganini ta’kidlamoqda.
Uning telefonida topilgan shubhali videolavha borasida, uni “bir kishi” yuborganini, lekin Rustamov bu videoni hech kimga tarqatmaganini xabar qilmoqda. Shubhali videoda niqob kiygan odamlar arabcha yozuv yozilgan qora bayroq oldida turib nimalarnidir gapirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Otabek Rustamov Sankt-Peterburgda teraktdan keyin o‘tkazilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida qo‘lga olingan 8 kishining biridir. Ular Rossiyada ta’qiqlangan “Jabhat an-Nusra” va “Islom davlati” tashkilotlariga terrorchilar yollashda gumon qilinmoqda.