Noxush xabar: o‘zbekistonlik futbolchilar avtohalokatga uchradi

© Sputnik / StringerTez tibbiyo yordam mashinasi
Tez tibbiyo yordam mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun ikki nafar samarqandlik futbolchi avtohalokatga uchradi, ulardan biri vafot etgan, biri og‘ir ahvolda

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik futbolchi yo‘l transport hodisasida halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.

O‘zbekiston chempionati birinchi ligasida ishtirok etuvchi "G‘allakor" jamoasining ikki nafar futbolchisi avariyaga uchragan. Bu haqda Usmon Ibodov o‘z tvitterida yozib qoldirgan.

​"G‘allakor" jamoasida to‘p surayotgan samarqandlik futbolchilar Nurbek Safarov va Tehron avtohalokatga uchradi.
Tehron vafot etdi, Nurbek koma holatida…", — deb yozadi "Dinamo" FK matbuot kotibi.

4 aprel kuni birinchi liga 1-turi doirasidagi “G‘allakor” – "Istiqlol" uchrashuvi bo‘lib o‘tgan va unda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi. Ikki futbolchi shu o‘yinni o‘tkazib Samarqandga qaytayotgan bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0