TOShKENT, 6 apr — Sputnik. NATOning Toshkentdagi, O‘rta Osiyo mamlakatlari bilan aloqa qilish markazi 1-apreldan boshlab yopildi, sabab tashkilotning ushbu hudud mamlakatlari bilan muloqot qilish tartibi o‘zgarishi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Apreldan boshlab NATO o‘zining O‘rta Osiyodagi faoliyatini Brusseldan turib nazorat qiladi. Toshkentdagi vakolatxonani yopish haqidagi qaror 2016-yilning kuzida qabul qilingan edi.
“Tinchlik uchun hamkorlik” dasturi doirasida NATO O‘rta Osiyo va Afg‘oniston hayotida ishtirok etaveradi. Hamkorlik qilish faolligini O‘rta Osiyodagi har bir mamlakatning o‘zi hal qilsin”, — degan edi vakolatxona rahbari Rozariya Pulizi.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy alyansning Toshkentdagi vakolatxonasi 2014-yilning may oyida ochilgan edi. Ofis asosan kadrlar tayyorlash va harbiy ta’lim sohasida hamkorlik qilgan.