TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zinii o‘ldirishga qaror qilgan terrorchini qamoq jazosi bilan qo‘rqitib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi Rossiya Tashqi va Mudofaa siyosati qo‘mitasi a’zosi, FSB zahiradagi generali Aleksandr Mixaylov.
"Jinoyatchi o‘zini portlatishga tayor bo‘lsa-yu, biz uni tutib olgan taqdirda 20-yil qamoq jazosi bersak. Deputat Irina Yarovaya taklif qilgan qonun samaradorligini hali ko‘ramiz. Menimcha terrorchilikni oldini olish uchun korrupsiyachilar uchun o‘lim jazosi kiritish kerak, lekin xudkush-terrorchini bunday chora bilan qo‘rqitib bo‘lmaydi", — dedi RIA Novostiga Aleksandr Mixiylov.
Generalning fikriga ko‘ra, terrorchilikni butkul yo‘q qilishga xalal berayotgan narsa, bu — huquqni saqlash organlaridagi korrupsiya. Mixaylov aytishiga qaraganda, politsiya migrantlar jam bo‘lib yashaydigan barcha obyektlarni tekshiruvdan o‘tkazishi kerak. Shuningdek, qonun buzayogan migrantlarni aniqlashda jamiyat a’zolari ham faol ishtirok etishlari kerak.