TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari Tailandda bo‘lib o‘tadigan Qirol kubogida ishtirok etish uchun jo‘nab ketishgani haqida xabar bergandik.
O‘zbekiston boks federatsiyasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilinishicha, bugun O‘zbekiston terma jamoasining barcha — yetti nafar bokschisi final yo‘llanmasi uchun o‘tkaziladigan bellashuvlarda ringga chiqadi.
Kecha bo‘lib o‘tgan janglarda jahonning eng kuchli bokschilari hisoblanuvchi o‘zbek bokschilari raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmagan.
Kechagi bellashuvlar natijalari:
Hasanboy Do‘stmatov — Palam Karlo (Filippin) 3:0
Jasur Latipov — Kritipak Duangnut (Tailand) 3:0
Shahobiddin Zoirov — Kao Shin Yen (Xitoy Taypeyi) 3:0
Murod Ahmadaliyev — Jeyms Paliste (Filippin) 3:0
Elnur Abduraimov — Zufar Saparboyev (Turkmaniston) 3:0
Shahram G‘iyosov — Manoj Kumar (Hindiston) 3:0
Isroil Madrimov — Kan Chia Vey (Xitoy Taypeyi) 3:0