TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning Rossiyaga davlat tashrifi tayyorlanmoqda, dedi Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev Sergey Lavrov bilan bo‘lgan uchrashuvda.
Ayni damda Abdildayev Rossiya va Qirg‘iziston orasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligiga bag‘ishlangan ishchi tashrif bilan Moskvaga kelgan.
“Munosabatlarning 25-yilligi bir qator muhim tadbirlar bilan nishonlanadi. Bir necha delegatsiyalar va Qirg‘iziston prezidentining Rossiyaga davlat tashrifi ham rejalashtirilgan”, — dedi ministr.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan 25-yil ikki mamlakat uchun ham oson bo‘lmadi, ularning munosabatlari – vaqt tekshiruvidan o‘tdi.
Davlat tashrifi – bu rasmiy tashriflarning eng oliy turi bo‘lib, u ikki tomonlama munosabatlarning yuqori siyosiy darajasini bildiradi. Davlat tashrifi mamlakat rahbari tomonidan prezidentlik davrida faqat bir marta amalga oshirilishi mumkin.
Xalqaro hamjamiyatda qabul qilingan va diplomatik protokol bilan belgilangan ehtiromlar jihatidan – davlat tashrifi eng oliy o‘rin egallaydi.