TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Vuchichni Serbiya Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi munosabati bilan tabrikladi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.
"Davlat rahbari o‘z maktubida Aleksandr Vuchichni "yuqori va mas’uliyatli lavozimdagi faoliyati o‘zaro hurmat va manfaatlarni inobatga olishga asoslangan O‘zbekiston-Serbiya munosabatlarining yanada mustahkamlanishi hamda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligiga xizmat qilishi"ga ishonch bildirdi", — deyilgan xabarda.
O‘zbekiston Prezidenti Serbiyaning saylangan Prezidentiga mustahkam sihat-salomatlik, davlat rahbari sifatidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar, Serbiya xalqiga tinchlik, xotirjamlik va farovonlik tiladi.