Terakt sodir etishda gumon qilinayotgan yigitning onasi Peterburgga yetib keldi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishSituatsiya u stansii metro "Sennaya ploshad" v Sankt-Peterburge
Situatsiya u stansii metro Sennaya ploshad v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Akbarjon Jalilovning onasi O‘sh shahrida yashaydi

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Terrorchilik harakati sodir etishda gumon qilinayotgan Akbarjon Jalilovning onasi O‘shdan Sankt-Peterburgga yetib keldi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston.

3 aprel kuni Peterburg metrosining "Sennaya ploshad" va "Texnologicheskiy institut-2" stansiyalari oralig‘ida portlash sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 49 kishi jarohatlangan.

​Rossiya tergov qo‘mitasi terakt holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Ushbu jinoyatni sodir etishda 1995-yilda O‘sh shahrida tug‘ilgan Rossiya fuqarosi Akbarjon Jalilov gumon qilinmoqda.

Uning onasi Peterburgga yolg‘iz o‘zi uchib kelganligini, o‘g‘lining aybdor ekanligiga ishonmasligini bildirdi.

Onani ilgariroq Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasida so‘roq qilishgandi.

Yangiliklar lentasi
0