“Orzu layneri” Malayziya va Singapurga birinchi parvozni amalga oshirdi

© Stringer SputnikBoeing 787-8 Dreamliner
Boeing 787-8 Dreamliner - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Malayziya aeroportida O‘zbekiston samolyotini O‘zbekiston elchisi, aeroport rahbariyati, Malayziya Turizm qo‘mistasi rahbarlari tantanali kutib olishdi.

TOShKENT, 4 apr – Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Boing-787 Orzu layneri samolyotlarida Kuala-Lumpur va Singapurga yo‘nalishlarida ilk parvozlarni amalga oshirdi.

2017 yilning 31-mart kuni  komandir Andrey Reshetnikov va ikkinchi pilot Ulug‘bek Abdushukurov boshchiligidagi MAK ekipaj Toshkentdan Kuala-Lumpurning KLIA aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ndi.

O‘zbekiston samolyotining birinchi parvoz sharafiga Malayziya aeroportida suv salyuti otildi. Aeroportda samolyotni O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Murod Askarov va Aeroport boshqaruvchi direktori Datuk Badlisham Ghazali hamda Malayziya turizm qo‘mitasi boshlig‘i Dato’ Sri Abdul Khani bin Daud kutib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Havo yo‘llarining Boing-787 Orzu layneridan foydalanish 2016-yilning  5 sentabrida boshlagan edi. Birinchi xalqaro parvoz esa 9-sentabr kuni Olmaotaga amalga oshirilgan edi.

Ayni paytda Drimlayner Dubay, Dehli, Istanbul, Tel-Aviv, Olmaota, Moskva, Kuala-Lumpur va Singapur yo‘nalishlariga parvoz qilmoqda.

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, yaqin orada aviakompaniya o‘ta uzoq masofalarga, jumladan transatlantik parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.

Yangiliklar lentasi
0