TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi vakili (MXDQ) Sankt-Peterburgda amalga oshirilgan teraktda Qirg‘iziston fuqarosi gumon qilinayotganini xabar qildi.
"Ha, biz gumon qilinayotgan shaxs Qirg‘izistonlik ekaninni tasdiqlaymiz, lekin u Rossiya fuqarosi. Hozir biz rossiyalik hamkasabalarimiz bilan birga qidiruv olib bormoqdamiz", — dedi MXDQ vakili Raxat Sulaymanov Sputnik Qirg‘iziston muxbiriga.
Eslatib o‘tamiz, 3-aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining "Sennaya ploshad" va "Texnologicheskiy institut" bekatlari orasida vagon ichida portlash sodir bo‘ldi. Fojeada 11 kishi qurbon bo‘ldi, 45 kishi jarohatlandi.
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, ushbu terakt xudkush-terrorchi tomonidan amalga oshirilgan. Portlovchi modda 600-700 gramm trotil ekvivalenti quvvatiga ega bo‘lgan va inson tanasiga jarohat yetkizuvchi kichik metal jismlar bilan qoplangan bo‘lgan. Portlash joyida O‘rta Osiyolik shaxsning tanasi topilgan.
Ayni damda, ushbu mudhish ishni amalga oshirishda 1995-yilda O‘shda tug‘ilgan, keyinchalik Rossiya fuqaroligini olgan Akbarjon Jalilov gumon qilinmoqda.