TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 3-9 aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo‘lib o‘tadigan nufuzli musobaqa — "Qirol kubogi-2017" xalqaro turnirida ishtirok etishadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.
Terma jamoa murabbiylari Rahmatjon Ro‘zioxunov, To‘lkin Qilichev va Rustam Saidovlar musobaqaga Olimpiya chempionlari Hasanboy Do‘smatov, Shahobiddin Zoirov, Olimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi Shahram G‘iyosov, Olimpiada sovrindori Murodjon Ahmadaliyev, o‘z vazn toifasida yetakchi bokschilar — Elnur Abduraimov, Isroil Madrimov, Jasur Latipovni jalb qilgan.
Bugun "Qirol kubogi — 2017" xalqaro turnirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 18 davlatdan 110ga yaqin charm qo‘lqop ustalari ishtirok etishadi.