TOShKENT, 4 apr — Sputnik. "O‘zgidromet" 4—7 aprel kunlari O‘zbekiston hududida kechki sovuq va yog‘inlar — qorga aylanishi mumkin bo‘lgan yomg‘ir kutilayotganini ma’lum qildi, deb xabar qildi "Novosti Uzbekistana".
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ob-havo o‘zgarib turadi. 4-aprelda kunning birinchi yarmi va kechki payt yomg‘ir yog‘adi, ayrim tumanlarda esa qorga aylanadi. 5—7 aprel kunlari yog‘in kutilmaydi. 4—5 aprel kunlari ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.
4—6 aprel kechki payt 0…+5 daraja, 5—6- aprelda ayrim joylarda 1—2 daraja sovuq, 4—5 aprel +7…+12, 6- aprelda +12…+17; 7- aprel tunda +2…+7, kunduzi +15…+20.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham ob-havo o‘zgarib turadi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4—5 aprel kunlari kunduzi +7…+12, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 4—6 aprelda kechki payt harorat 0…+5, 5-aprelda ba’zi joylarda 1—2 daraja sovuq. 6—7 aprel kunlari havo harorati +17…+22 darajagacha ko‘tariladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ob-havo o‘zgarib turadi, 4-aprelda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, 5-aprelda esa ayrim tumanlarda yomg‘ir. 6—7 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4—6 aprelda kechki payt harorat +3…+8, 7- aprelda +5…+10, 4—5 aprel kunlari kunduzi +8…+13, 6—7- aprelda harorat +17…+22 darajagacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham ob-havo o‘zgarib turadi., 4-aprelda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, 5-aprelda esa ayrim tumanlarda yomg‘ir. 4 6—7- aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 va 7-aprel kunlari kechki payt harorat +2…+7, 5—6 aprelda 0…+5, 4—5 aprelda kunduzi +7…+12. 6—7- aprelda harorat +12…+17 darajagacha ko‘tariladi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 4—5 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, ko‘chki xavfi bor. 6—7- aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4—6 aprel kunlari ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 4 va 7-aprel kunlari kechki payt harorat 0-5 daraja sovuq, 5—6 aprelda 2—7 daraja sovuq, 4-aprel kunduzi 0…+5. 5—7- aprelda harorat +7…+12 darajagacha ko‘tariladi.