TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-aprel kuni Vladimir Putin bilan uchrashadi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.
"O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin taklifiga ko‘ra 4-5 aprel kunlari Rossiyaga davlat tashrifi bilan keladi", — deyilgan Kreml rasmiy xabarida.
5 aprelda Oliy darajada bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarning asosiy masalalari muhokama qilinib, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ilmiy sohalarda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish choralari belgilab olinadi.
Undan tashqari, bir qator xalqaro va hududiy muammolar borasida fikr almashish rejalashtirilgan.