"Oyli Xiva" asari O‘zbekistonga qaytdi

© Galereya ZERO LINEKartina "Lunnaya Xiva" Lva Reznikova
Kartina Lunnaya Xiva Lva Reznikova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mashhur rassom Lev Reznikovning ushbu asari 1990-yilda, uning Xivaga bo‘lgan ko‘plab safarlari vaqtida yaratilgan.

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekistonda yashab ijod qilgan rassom Lev Reznikovning sirli "Oyli Xiva" asari o‘z Vataniga qaytdi, deb xabar qilmoqda kultura.uz sahifasi.

Mashhur kartina, hozir Isroilda yashayotgan Lev Reznikovning farzandi  Igor Reznikov tomonidan Toshkentdagi ZERO LINE ko‘rgazma maydoniga tuhfa qilindi.

"Bu kamdan-kam uchraydigan holat, mamalkatimiz hududini tark etgan asar yana o‘z Vataniga qaytdi. Bu vatanimiz madaniy hayotida muhim voqea", — deyilgan xabarda.  

Lev Reznikov 1929-yilda Minskda tug‘ilgan, 1938-yilda oilasi bilan Toshkentga ko‘chib o‘tadi. 1954-yilda Reznikov Toshkent Teatr va rassomchilik institutini bitirgan birinchi guruh talabalar qatorida tugatadi. Reznikov o‘zining ijodiy faoliyati  davomida ko‘plab mashhur tasvirlar yaratdi va davlat mukofotlar sohibi bo‘ldi. Rassom ijodida O‘zbekiston kundalik hayoti, an’analari va manzaralari ulkan o‘rin egallagan.

Bugungi kunda Lev Reznikovning asarlari O‘zbekiston San’at muzeyida, Moskvadagai Tretyakov galereyasida, Sharq xalqlari san’ati muzeylarida saqlanmoqda. Rassomning mashhur ishlari qatoridan "Stalin nomli kolxoz veteranlari", "Mahallada oyli manzara", "Husan",  "Anor" kabi asarlar o‘rin olgan.

Yangiliklar lentasi
0