O‘zbekistonlik Misha Ge Olimpiadada qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishMisha Ge figurali uchuvchi (Uzbekistan)
Misha Ge figurali uchuvchi (Uzbekistan) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Misha Xelsinkida bo‘lib o‘tgan JChda og‘riqni bosuvchi dorilar yordamida bo‘lsada, o‘z dasturini to‘liq ijro etdi. Buning evaziga u Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan 2018-yilgi Qishgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik eng taniqli figurali uchuvchi Misha Ge, ulkan qiyinchiliklarga qaramasdan, Xelsinkida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib 2018-yilgi Qishgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Turnir qoidalariga ko‘ra, Olimpiadada ishtirok etish uchun barcha konkurslar bo‘yicha jamlangan ballar bo‘yicha 13 o‘rindan yuqori o‘rin egallash kerak. Misha Ge 243,45 ball jamlab, 12 o‘rin egalladi.

Aytib o‘tish kerak-ki, Misha mashq davomida olingan ko‘plab jarohatlari tufayli, og‘riq qoldiruvchi dorilar ta’sirida muz ustiga chiqdi va eng murakkab bo‘lgan to‘rt aylanishli sakrashlardan voz kechdi. Lekin, dasturining qolgan qismini, jumladan ikkita "troynoy aksel"ni u bekamu-ko‘st bajardi va tomoshabinlarning ko‘plab olqishiga sazovor bo‘ldi.

Umid qilamizki, Misha Qishgi Olimpiada o‘yinlariga qadar barcha jarohatlarini davolab, yaxshi formada musobaqalarga yetib keladi.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Ge o‘z sport karyerasini yakunlab dasturlar postanovkachisi bo‘lish ehtimoli haqida gapirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0