TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Kecha AQShda buyuk Yevgeniy Yevtushenko vafot etdi. O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda, Buyuk rus shoirining yaqinlariga o‘z hamdardligini bildirdi.
Omon Matjon aytishiga qaraganda, Yevtushenko katta bir davrni qamrab olgan geniy bo‘lgan. U o‘z ortida jahon madaniyati xazinasida ko‘plab she’rlar, badiiy asarlar, filmlar qoldirdi.
“Biz u bilan ko‘p yilllar davomida do‘st bo‘lganmiz. Men Peredelkinoda uning uyida, u Toshkentga menikiga mehmonga bir necha marta kelgan. U mening do‘stim edi ham shoir sifatida menga ulkan ta’sir ko‘rsatdi”, — deb eslaydi shoir.
Omon Matjonning ko‘plab she’rlari rus tiliga tarjima qilingan. O‘z navbatida u ham do‘stining she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Masalan, Yevtushenkoning “Santyagodagi kabutar” she’riy hikoyasi.
- Yevtushenkoning vafoti haqida eshitganimda, u sovg‘a qilgan uch tomlik asarlar to‘plamini tokchadan olib, buyuk shoir yozib qoldirgan xotira so‘zlarini qayta o‘qib chiqdim, deydi Omon Matjon, — "Nastoyashemu poetu i moyemu drugu Amanu Matchanu ot Yevgeniya Yevtushenko".