Kolumbiyada kuchli sel kelishi oqibatida 250 kishi qurbon bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Kolumbiyaning Putumayo viloyatida kelgan kuchli sel 250 kishining umriga zomin bo‘ldi, 400 kishi jarohatlandi, 220 kishi daraksiz yo‘qoldi.

Qutqaruv operatsiyasini shaxsan nazorat qilish uchun, Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos, tabiiy ofat yuz bergan Mokoa shahriga yetib keldi. Mamlakat rahbari Mokoa sel yuvib ketgan shahar ko‘chalarida aholi bilan muloqotda bo‘ldi.

Tabiiy ofatga, uzoq davom etgan yomg‘ir oqibatida Mokoa darosining qirg‘oqdan chiqib ketishi sabab bo‘lgan. 45 ming kishi yashaydigan Mokoa shahri hozircha elektr ta’minotisiz qolmoqda. Tabiiy ofatdan shaharning 17 tumani zarar ko‘rgan.

Yangiliklar lentasi
0