Eron Rossiyadan 100 ta “Suxoy Superjet” samolyoti sotib oladi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishSuxoy Superdjet 100
Suxoy Superdjet 100 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘rta masofalarga mo‘ljallangan Rossiyaning yangi yo‘lovchi samolyoti dunyoning ko‘plab mamlakatlari qiziqishini uyg‘otmoqda.

TOShKENT, 2 apr Sputnik. Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak Eron Rossiyadan 12ta samolyot sotib olishga shartnoma imzolaganini xabar qildi.

“Eron 100 ta o‘rta masofaga uchuvchi “Suxoy Superjet 100” samolyotlari sotib olmoqchi. Ayni damda 12 ta samolyot borasida shartnoma imzolandi”, — dedi Novak shanba kuni.  

 

Novakning so‘zlariga qaraganda, Eron  birinchi bosqichda 12 ta, keyin 30ta samolyot sotib oladi.

Suxoy Superjet 100 yoki SSD100 – ikki motorli o‘rta masofalarga uchuvchi samolyot bo‘lib, u 98 yo‘lovchini bilan 2700 mil masofaga uchishi mumkin. Samolyot 36 mln dollar turadi. Rossiyaning “Suxoy fuqaro samolyotlari” aviakompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu turdagi birinchi samolyot 2008-yilda ilk parvozini amalga oshirgan.

Novak xabar berishiga ko‘ra Rossiya va Eron orasida savdo sotiq hajmi 2016-yilda 98% o‘sgan. Ushbu shartnoma borasida dastlabki qadam preziden Putinning 2015-noyabrida Eronga bo‘lgan safari vaqtida imzolangan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0