Andijon viloyatining Shahrixon tumaniga yangi hokim tayinlandi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shahrixon tuman hokimi Odiljon Soliyev ishdan olinib, uning o‘rniga shu vaqtgacha Paxtaobod tumanini boshqarib kelgan Hikmatullo Dadaxonov tayinlangan

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. 31 mart kuni Andijon viloyati Shahrixon tuman xalq deputatlari Kengashining sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Vid goroda Andijan - Sputnik O‘zbekiston
Andijonliklarni asosan uy-joy va tibbiy xizmat masalalari qiynashi ma’lum bo‘ldi

Sessiyada viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov viloyatda olib borilayotgan islohotlar va uning zamirida aholi farovonligi, uning yashash tarzini yuksaltirish masalasi yotgani haqida ma’ruza qilgan.

Xabarga ko‘ra, Shahrixon tuman hokimi Odiljon Soliyev ishdan olinib, uning o‘rniga shu vaqtgacha Paxtaobod tumanini boshqarib kelgan Hikmatullo Dadaxonov tayinlangan.

Dadaxonov Hikmatullo Vahobovich 1976-yilda tug‘ilgan, 1998-yilda Andijon qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan.

1998 yilda Andijon viloyati Izboskan tumanida chorvachilik bo‘limi ishchisi sifatida faoliyatini boshlagan Dadaxonov 2009-2015 yillarda Jalaquduq tumani hokimi o‘rinbosari, 2015-yildan boshlab esa Paxtaobod tumani hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Yangiliklar lentasi
0