O‘zbekistonda kuchli shamol va yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilmoqda

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn
Povsednevnaya jizn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shimoliy hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. 1-2 aprel kunlari O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatiladi, deb xabar bermoqda uz24.uz gidrometeorologiya markazi xabariga tayanib.

Shimoliy hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda havo harorati kechasi —2…+3 va kunduzi +3…+8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida harorat kechasi +5…+10 va kunduzi +10…+15 daraja iliqni tashkil etadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +7…+12 daraja va kunduzi +13…+18 daraja iliqgacha ko‘tariladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida harorat kechasi +5…+10 daraja va kunduzi +13…+18 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi bor.

Yangiliklar lentasi
0