Sergey Lavrov 7-aprelda Toshkentga keladi

Obuna bo‘lish
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilish Hamdo‘stlik oliy organlarining 2017-yilda rejalashtirilgan eng muhim yig‘ilishlaridan biri hisoblanadi

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. 7 aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentda bo‘lib o‘tadigan MDH TIV Kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan mazkur yig‘ilish 2017-yilda rejalashtirilgan Hamdo‘stlik oliy organlarining eng muhim yig‘ilishlaridan biri hisoblanadi.

Peregovori S.Lavrova i A.Kamilova v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov: O‘zbekiston - Rossiyaning MDHdagi asosiy iqtisodiy hamkori

Yig‘ilishda vazirlar davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish borasidagi keng miqyosdagi masalalar va Hamdo‘stlik qatnashchi davlatlarining tashqi siyosiy yo‘nalishlarini muhokama qilishadi hamda dolzarb tashqi siyosiy muammolar yuzasidan fikr almashishlari rejalashtirilgan.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi qatnashchi davlatlarining tashqi ishlar vazirlari xristian, musulmon va boshqa din vakillariga nisbatan kamsitish va toqatsizlik qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida qo‘shma bayonot qabul qilishlari MDH TIVKning bo‘lajak yig‘ilishi diqqat markazida bo‘ladi.

Kun tartibidan shuningdek, MDH maqomini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, uning organlari ish samaradorligini oshirish, huquqni muhofaza qilish va gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0